O‘zbekiston Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurash va shaffoflikni ta’minlash chora tadbirlari borasidagi qaror va farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. 7 iyul kuni AOKAda ushbu qaror mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Effekt.uz.
Unda Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov ishtirok etib, sud tizimida korrupsion element bor degan qarash noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi. Muslimov fikricha, Sud tizimidagi ishlar to‘g‘risida elektron tarzda aholiga hisobot beriladi.
"Birinchi yarim yillikda chiqarilgan sud qarorlaridan atigi 3,5 foiziga apellyasiya berilgan. Qolgan 96,5 foizi e’tiroz bildirmagan. Bugungi kunda fuqarolar hatto uyida o‘tirgan holatda guvohlik berishi mumkin. Bironta OAVga sud majlislarida ishtirok etishi uchun to‘sqinliik qilinmayapti. Sud tizimida korrupsion element bor degen fikrlarga men qo‘shilmayman!” – deydi Muslimov.