Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida  bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

Hukumat qarori (655-son, 22.10.2021 y.) bilan Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

🔰Qarorga ko‘ra, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari quyidagilar:

➖ Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;
➖ Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.

🔘 Mazkur ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

☑️ Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish kamida 3 yil davom etadi.

⏳ Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta’lim davomiyligi oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun kamida 4 yil, oliy ma’lumotga egalar uchun 3 yil etib belgilanadi.

📋 Kursantlar 1-bosqich ta’lim muddati yakunlanganidan so‘ng muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.

🗓 Magistratura mutaxassisliklarida o‘qitish kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshirilib, o‘qish davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etadi.

📌 Shuningdek, ta’lim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun 2 bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyati beriladi.

❕Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi ko‘krak nishoni beriladi.

Kiritildi: 16:31 23.10.2021. O'qildi: 2132 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!