Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Olimpiya o‘yinlari oltin medali uchun qaysi mamlakat eng ko‘p pul beradi?

Olimpiya o‘yinlari oltin medali uchun qaysi mamlakat eng ko‘p pul beradi?

Yaqinda, O‘zbekiston sportchilari Parij Olimpiyadasida qo‘lga kiritgan medallari uchun beriladigan mukofot pullari miqdori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, vakillarimiz yozgi Olimpiyada musobaqasida oltin medallarga ega chiqsa, 200 ming AQSh dollari, kumush medal uchun 150 ming AQSh dollari, 3-o‘ringa esa 100 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli berilishi aytildi.

Quyidagi surat orqali esa dunyoning 23 ta turli xil davlatlari o‘z sportchilariga beradigan pullari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, hozircha Serbiya salkam 215 ming dollar mukofot puli berishi orqali yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinlarni esa Malayziya (212,180$) va Marokash (200,525$) egallab turibdi. Garchi rasmda nomi keltirilgan bo‘lmasa-da, O‘zbekiston ham ushbu ro‘yxatning yuqori o‘rinlarida ekanligi aniq.

Olimpiya o‘yinlari oltin medali uchun qaysi mamlakat eng ko‘p pul beradi?

Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri AQSh esa oltin medal uchun 37,500$ berishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, Germaniya (21,490$), Daniya (14,406$), Kanada (14,608$), Avstraliya (13,340$) kabi davlatlar ham ro‘yxatning pastki pog‘onalaridan joy egallagan.

Kiritildi: 09:36 18.07.2024. O'qildi: 5604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!