O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov (51 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz nimchorak final doirasida Puerto-Riko vakili Xuan Manuyel Lopesga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endilikda Do‘smatov 2 avgust kuni chorak final bosqichida qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi bahs olib boradi.