Rossiya davlat gumanitar universiteti tadqiqotchilari Gvatemalada joylashgan La-Kasa-de-las-Golondrinas degan joyda noyob arxeologik missiyani yakunladi.
Bu joy Lotin Amerikasi bo‘yicha qoyatosh san’atining noyob namunalari bilan mashhur.
Olimlar fototahlil orqali qoyatoshda ilgari duch kelinmagan tasvirlarni aniqlashdi. 14 000 ga yaqin tasvirga ishlov berildi va natija hayratlanarli bo‘ldi: qadimiy xarita tasviri topildi.
Tarix fanlari doktori Galina Yershova kashfiyotning ahamiyati haqida shunday dedi: “Biz bu qoyada antik davrga oid eng aniq astronomik xarita tasvirlanganini aniqladik. U nafaqat Shimoliy, balki Janubiy qutni ham o‘zida aks ettirgan. Ikkala qutb ifodalangan bundan boshqa qadimiy xaritalar ma’lum emas”.
Ershovaning ta’kidlashicha, qadimgi madaniyatlarda Janubiy qutb tasvirlarining yo‘qligi qadimgi sivilizasiyaning odamlari ko‘proq shimoliy kengliklarda yashagani, shuning uchun ular buni kuzata olmagani bilan izohlanadi. Biroq, olimlar tomonidan o‘rganilgan Gvatemaladagi ob’ekt 14,5° shimoliy kenglikda joylashgan bo‘lib, bu mintaqaning qadimgi aholisiga Janubiy qutbni o‘zlarining qoyatoshdagi xaritalarida tasvirlash imkonini berdi, deb xabar beradi planet-today.ru.