Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Olimlar homilador ayollarda koronavirusga chalinish ehtimoli ko‘proq ekanligini aniqlashdi

Olimlar homilador ayollarda koronavirusga chalinish ehtimoli ko‘proq ekanligini aniqlashdi

Olimlar homilador ayollar boshqalarga qaraganda to‘rt baravar ko‘proq COVID-19ga chalinishga moyil ekanligini aniqlashdi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, ushbu xulosaga Pensilvaniya universitetining Perelman tibbiyot maktabi jamoasi tomonidan kelingan.

Filadelfiyada aprel va iyun o‘rtasida ko‘zi yorigan 1300 ga yaqin homilador ayollarni o‘rgangan tadqiqotchilar ularning 6 foizdan ortig‘ida SARS-CoV-2 ga qarshi antitanachalar mavjudligini aniqlashgan.

Ta’kidlanishicha, bu virusga qarshi immunitetga ega bo‘lgan butun shahar aholisiga (1,4%) nisbatan to‘rt baravar ko‘pdir.

Aytilishicha, ushbu ko‘rsatkich qora tanli hamda lotin amerikalik ayollarda nisbatan ko‘proq natijani ko‘rsatgan - mos ravishda 9,7% va 10,4% bo‘lib, bu organizmida 2% va 0,9% antitanachalar mavjudli aniqlangan oq tanli hamda osiyolik ayollarga nisbatan besh baravar yuqoridir.

 

Kiritildi: 20:00 01.08.2020. O'qildi: 2821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!