Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Olimlar go‘sht yemaslikning yangi xavfini aniqlashdi

A A A
Olimlar go‘sht yemaslikning yangi xavfini aniqlashdi

Olimlar vegetarianlikning odam tanasiga yangi zararini aniqlashdi, deb yozadi «RBK».

«Xabar.uz»ning yozishicha, asosan soyadan olinuvchi «go‘shtsiz go‘sht», ya’ni o‘simlik oqsilining ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, asosan o‘simlik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi insonlarning yurak-qon tomir tizimi yaxshi holatda bo‘ladi. Biroq, bunga qarama-qarshi o‘laroq, go‘sht yemaslik insult xavfini oshiradi.

Insult xavfi go‘sht yeyish tufayli kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari xataridan ko‘proq.

«Aftidan, insult xavfi go‘sht yeyishdan kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari xataridan ko‘proq», — deya ta’kidlaydi epidemiolog va tadqiqot hammuallifi Temmi Tong.

Bundan tashqari, tadqiqotga ko‘ra, qonda xolesterin darajasining pastligi, bir tomondan yurak faoliyatini yaxshilasa, ikkinchi tomondan insult xavfini oshiradi.

Kiritildi: 11:15 12.09.2019. O'qildi: 3294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!