Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

OITV eng tarqalgan hududlar ma’lum qilindi

A A A
OITV eng tarqalgan hududlar ma’lum qilindi

Rossiyada OITV ni eng ko‘p yuqtirgan hududlar ma’lum qilindi. Ro‘yxatda turuvchilarning soni bo‘yicha va aholi soniga taqsimlaganda OITV ni eng ko‘p Sibir, Ural, va Volgabo‘yi federal okrug viloyatlarida ko‘proq yuqtirishgan. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni Saqlash vazirligining shu yo‘nalish bo‘yicha katta mutaxassisi Yevgeniy Voronin ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga 2018 yilning yakunlariga ko‘ra, Rossiyada 116 ming nafar OITV yuqtirgan insonlar ro‘yxatga olingan.

Umuman olganda, hozir Rossiyada OITV ni yuqtirgan 1 milliondan oshiq odam ro‘yxatga olingan. Har yili OITV natijasida halok bo‘layotganlarga qaraganda, uni yuqtirayotganlar soni ko‘p bo‘lmoqda. Shuni hisobidan Rossiyada har yili ma’lum foizlarda OITV yuqtirganlar soni oshib borayapti.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 07:33 16.05.2019. O'qildi: 1686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!