Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Og‘ir judolik! Aktrisa Yayra Abdullayeva vafot etdi

A A A
Og‘ir judolik! Aktrisa Yayra Abdullayeva vafot etdi

Bugun o‘zbek teatrining taniqli namoyandasi O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 88 yoshida vafot etdi.

1930 yilda Toshkentda tavallud topgan aktrisaning san’at olamiga kirib kelishi bejiz bo‘lmagan. U o‘zbek laparchilik va qo‘shiqchilik san’atining tamal toshini qo‘ygan ijodkor Tamaraxonimning jiyani edi.

1944-1945 yillarda Gavhar Rahimova boshchiligidagi xotin-qizlar ansamblida faoliyat boshlagan Yayra Abdullayeva 1950 yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tugatgan va shu yildan O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ish boshlagan.

Yayra Abdullayeva ko‘plab sahna asarlarida bosh rollarni ijro etgan. Jumladan, Qutlug‘ qon da Gulnor, Boy ila xizmatchi da Gulbahor, Mirzo Ulug‘bek da Gavharshodbegim kabi obrazlarni yetuk va professional darajada ijro etib, o‘zbek teatr san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirgan.

Yayra Abdullayeva 1964 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 1998 yilda Do‘stlik ordeni, 2011 yilda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan.

Marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Kiritildi: 18:11 14.05.2019. O'qildi: 5999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!