Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Og‘ir atletikachimiz Osiyo chempionatida mutlaq chempion bo‘ldi

Og‘ir atletikachimiz Osiyo chempionatida mutlaq chempion bo‘ldi

Qozog‘istonning Astana shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, hamyurtimiz Qudratbek Salimjonov Osiyo chempionatida yana bir bor o‘z so‘zini aytdi. Iste’dodli polvonimiz dast ko‘tarishda — 169 kg, siltab ko‘tarishda — 191 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 360 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Qudratbek joriy yilda Peru poytaxti Lima shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dast ko‘tarish mashqida 167 kg natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. Osiyo chempionatida esa u o‘z natijasini yaxshilab, jahon maydonidagi tajribasini yana bir bor isbotladi.

Kiritildi: 23:46 09.07.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!