Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Qudratbek Salimjonov jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan hamyurtimiz dast ko‘tarishda 167 kg natija qayd etgan holda musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.