Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Odilxonning boksdagi debyut jangi uchun raqibi o‘zgardi

Odilxonning boksdagi debyut jangi uchun raqibi o‘zgardi

Ertaga Qirg‘izistonning O‘sh shahrida boks bo‘yicha Alatoo Boxing League 4 musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqa doirasida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Odilxon Kamolov mezbon yurt vakili Marsel Nurlanbek Uuluga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi.

Lekin Liga matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu jang ABL 4 turnirida o‘tkazilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, har ikki bokschi turnirda ishtirok etadi.

Yangilanishlarga ko‘ra, Kamolov ertaga boshqa bir qirg‘iz sportchisi — Manas Orozov bilan jang qiladi.

Janglar oqshomi ertaga 18:00 da boshlanadi.

Avvalroq, Kamolov Octagon League tomonidan diskvalifikasiya uchraganidan keyin dastlab, Alash Pride, keyinroq esa Open FC MMA Ligalari bilan shartnoma imzolagandi.

ABL 4 turnirining to‘liq kardi:

Odilxonning boksdagi debyut jangi uchun raqibi o‘zgardi

Kiritildi: 14:06 24.05.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!