Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Odessadan evakuasiya qilingan rasmlar Berlinda namoyish etilmoqda

Odessadan evakuasiya qilingan rasmlar Berlinda namoyish etilmoqda


Bugun Berlin san’at galereyasida Odessa G‘arbiy va Sharq san’ati muzeyidan 60 ta asarni ko‘rishingiz mumkin. Muzey kolleksiyasidan G‘arbiy Yevropa rassomlarining 16-19-asrlardagi asarlari vayronagarchilik va ishg‘ol xavfi ostida Germaniya poytaxtiga evakuasiya qilingan. “Rossiyaning qonli agressiv urushi ham Ukraina madaniyatiga qarshi urushdir”, dedi Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ko‘rgazma ochilishida.

Odessa muzeyi direktori Igor Poronikning DW nashriga aytishicha, rasmlarni tashish to‘g‘risida qaror muzey binosi yonida joylashgan Odessadagi eng yirik pravoslav cherkovi Transfigurasiya soboriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilganidan keyin qabul qilingan. Birinchidan, to‘plamning durdonalari Ukrainaning g‘arbiy qismiga olib borildi. Keyinchalik, 2023 yil sentyabr oyida Berlinga 74 ta rasm keldi. Restavratorlar ularni tartibga keltirdilar va ko‘plab ishlar uchun yangi ramkalar yasaldi.

Odessa muzeyi durdonalari yonida nima bo‘ladi? Poronikning so‘zlariga ko‘ra, kartinalar bir necha oy davomida namoyish etiladi. Keyin ular Germaniyaning boshqa shahriga ko‘chib o‘tadilar. Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, rasmlar uch yildan ortiq chet elda bo‘lishi mumkin emas. Ular ma’lum vaqtga Ukrainaga qaytishlari kerak, keyin esa yana ko‘rgazmaga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Ayni paytda Odessa muzeyida hayot qaynashda davom etmoqda. U yerda har hafta ma’ruzalar, madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:25 25.01.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!