Kikboks bo‘yicha sobiq jahon chempioni va taniqli bloger Endryu Teyt Russia Today nashriga bergan intervyusida bu haqda aytib berdi.
“Tasavvur qiling siz ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirib video tomosha qilayapsiz. Lekin shu vaqta sizni diqqat bilan kuzatishadi va sizni kerakli tomonga yo‘naltirishadi. Masalan, turmush o‘rtog‘ingizning yoki farzandingizning ijtimoiy tarmog‘iga kirsangiz siz butunlay boshqa dunyoni ko‘rasiz”, - dedi Teyt.
Shuningdek u G‘arbda ommaviy axborot vositalariga ishonch mutlaqo yo‘qolganini ham tan oldi.
“Ular oqni qora qorani oq deb atashi odatiy hol bo‘lib qolgan. Mening Rossiyaga kelishimning sabablaridan biri ham shunda. Men hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchiman”, - dedi Teyt.
Teyt Rossiyada Moskvani tomosha qildi va Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumiga tashrif buyurdi.
Taniqli bloger va biznesmen 2022 yilda islom dinini qabul qilgan.