Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ochlik e’lon qilgan Saakashvilining ahvoli qanday?

Ochlik e’lon qilgan Saakashvilining ahvoli qanday?

Gruziyaning sobiq prezidenti, vataniga qaytgach 1 oktyabrda hibsga olingan va shundan keyin ochlik e’lon qilgan Mixail Saakashvilining ahvoli yomonlashdi. Bu haqda uning shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze ma’lum qildi.

Saakashvili o‘zining ozod etilishini talab qilib, 17 kundan beri ochlikni davom ettirmoqda.

“Uning ahvoli yomonlashmoqda, bu ma’lum narsa edi. Biroq Mixail Saakashvili ochlikni to‘xtatmoqchi emas va ruhan juda sabotli”, deb aytgan uning shifokori.

Uning ta’kidlashicha, Saakashvili bazo‘r harakatlanmoqda, yuzi oqarib ketgan, biroq hozircha uning holatiga tibbiy aralashuvga ehtiyoj yo‘q.

Saakashvili 29 sentyabrda Ukrainadan Gruziyaga yashirincha kelgan. 1 oktyabrda u Batumida hibsga olingan. Ayni vaqtda sobiq prezident Rustavi shahridagi qamoqxonada saqlanmoqda.

Saakashvili Gruziyada bir nechta jinoiy ish figuranti hisoblanadi. Biroq uning o‘zi hibsga olinishini noqonuniy, o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni esa soxtalashtirilgan deb atamoqda.

Kiritildi: 06:30 18.10.2021. O'qildi: 1990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!