Prezidentimizning 2020 yil 30 iyundagi topshirig‘iga muvofiq tasdiqlangan Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi xududga aylantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sudlar faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini oshirish maqsadida Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida BRIFING tashkil qilindi.
Brifingda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turabov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Maqsudbek Saidov so‘zga chiqib sudlar tomonidan 2021 yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari bo‘yicha axborot berishdi.
Brifing yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tegishlicha javob berishdi.