Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi

Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi

⚠️ Xizmat: Ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelarini joylashtirish uchun ruxsatnomalar berish

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar

🔄 Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

1. Ariza beruvchilar ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

2. So‘rovnoma to‘ldirilib, Qurilish vazirligi (vakolatli organ)ga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallariga yuboriladi.

3. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqib, ob’ekt maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya bilan va rekonstruksiyasiz o‘zgarishi, ya’ni xonalar (binolar)ni uning loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan faoliyat uchun moslashtirish bo‘yicha tegishli xulosani tayyorlagan holda, ruxsatnoma shakllantiradi.

🗓 Xizmatni ko‘rsatish muddati:

5 ish kuni ichida

☑️ Tegishli hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi (https://lex.uz/docs/3743238#3754216).

🚫 Shuningdek, bir qator faoliyat turlari uchun turar-joy zonalarida joylashgan ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi (https://lex.uz/docs/3743238#4632334).

🔰 Xizmat narxi:

➖ BHMning 30 foizi miqdorida – 73 500 so‘m;
➖ Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 66 150 so‘m.

📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/3743238#3754190) (370-son, 18.05.2018 y.)

Kiritildi: 13:10 05.09.2021. O'qildi: 3049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!