Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ob-havo: bahorning ilk haftasida bizni jazirama kutmoqda

Ob-havo: bahorning ilk haftasida bizni jazirama kutmoqda

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bu yilgi bahor quyoshli va iliq havo bilan boshlanadi. 1—2 martda kunduzgi harorat 20-23 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori.

Qayd etilishicha, 3 mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq havo saqlanib turadi. 4—5 martda salqin va nam havo oqimining kirishi bilan harorat pasayadi. Respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Biroq bahor oyining birinchi o‘n kunligida ob-havoning keskin o‘zgarishlari kutilmayapti.

O‘zbekistonda mart oyi yilning ham yog‘inlar miqdori ham yog‘ingarchilikli kunlar soni bo‘yicha eng ko‘p kuzatiladigan davridir. O‘rtacha hisoblaganda agar shimoliy hududlar va cho‘l zonasini hisobga olinmasa, martda 10 kundan 15 kungacha yog‘ingarchilikli kunlar bo‘ladi.

«Shuni ham nazarda tutish kerakki, mart oyi juda injiq oy. Bu oyga havo oqimi yo‘nalishlarining tez-tez o‘zgarib turishi xosdir. Xorijiy janubdan jadal kiradigan juda iliq havo oqimi Volgabo‘yi, ba’zida Ural va kamdan kam holda G‘arbiy Sibirdan kiradigan sovuq havo bilan almashib turadi. Shuning uchun issiq havoli davr sovuq haroratli davr bilan almashib turadi. Havo oqimlari almashinuvi nam bilan birgalikda kelsa, ob-havo beqaror bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatiladi», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 16:21 01.03.2020. O'qildi: 4907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!