Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Mulligyong-1 razvedka sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan, Kaliforniya shtati hamda Okinava orolidagi AQSh harbiy bazalari aks etgan yangi suratlarni ko‘rdi.
Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Davlat ayerokosmik muhandislik boshqarmasining Pxenyan bosh nazorat va tartibga solish markazi 29-noyabr kuni KXDR yetakchisiga Kaliforniyadagi San-Diyego harbiy-dengiz bazasi va AQSh harbiy-havo kuchlarining Okinavadagi Kadena aviabazasi suratlarini taqdim etdi. Bundan tashqari namoyish etilgan materiallar orasida Suvaysh kanali tasvirlari ham bor edi.