Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Nyu Yorkdagi Kolumbiya universiteti Tramp ma’muriyatning talablarini bajarishga rozi bo‘ldi – OAV

Nyu Yorkdagi Kolumbiya universiteti Tramp ma’muriyatning talablarini bajarishga rozi bo‘ldi – OAV

AQSh hukumati universitetni o‘quv muassasasi hududida antisemitizmga qarshi yetarli choralar ko‘rmaganlikda ayblagandi. Shu sababli, AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri 400 million dollarlik davlat moliyaviy ko‘magidan mahrum bo‘lishi mumkin edi.

Kolumbiya universiteti buning oldini olish uchun xavfsizlik xizmati xodimlarini ko‘paytirish, niqob taqishni taqiqlash, Yaqin Sharq va Afrika tadqiqotlari bo‘limlariga nazoratchi lavozimini joriy etish va boshqa choralarni amalga oshirmoqchi.

2023 yil kuzida Kolumbiya universitetida Isroil armiyasining G‘azodagi harbiy harakatlari fonida norozilik namoyishlari avj olgan edi. Universitetning yahudiy talabalari antisemitizmga qarshi xavotirlarini va o‘z xavfsizliklari borasidagi tashvishlarini oshkora ravishda bildirganlarida, hujumlarga uchragan edi.

Kiritildi: 23:18 23.03.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!