Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Nyu-Yorkda otishma sodir bo‘ldi, qurbonlar bor — CBS News

 Nyu-Yorkda otishma sodir bo‘ldi, qurbonlar bor — CBS News

Telekanalning xabar berishicha, Nyu-Yorkdagi osmono‘par binoda sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi halok bo‘lgan, shuningdek, otishmani amalga oshirgan shaxs joniga qasd qilgan.

Nyu-York meri Erik Adams va shahar polisiyasining tasdiqlashicha, Manhettendagi osmono‘par binoda sodir bo‘lgan otishma oqibatida to‘rt kishi, jumladan, bir nafar polisiyachi halok bo‘lgan. Yana bir kishi og‘ir yaralangan.

Otishmani amalga oshirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan, uning harakati sabablari noma’lum. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lgan.

Nyu-York polisiyasi komissari Jessika Tishning aytishicha, otishmani uyushtirgan shaxs — Las-Vegaslik 27 yoshli Sheyn Tamura bo‘lib, u binoga M4 avtomati bilan kirgan va darhol o‘q uzishni boshlagan.

"Uning harakati sabablari bo‘yicha tergov olib borilmoqda, biz u aynan nima uchun u shu joyni tanlaganini tushunishga harakat qilyapmiz", — dedi Tish.

Kiritildi: 12:02 29.07.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!