Sudya Pol Engelmayer AQShning 19 shtati bosh prokurorlari tomonidan berilgan da’voni qanoatlantirdi. Ularning ko‘pchiligi demokratlar tarafdori hisoblanadi.
Prokurorlar Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamentiga (DOGE) AQSh Moliya vazirligi tizimi kirishni taqiqlashni talab qilishdi. Ushbu tizim orqali fuqarolarning trillionlab dollarlik pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
Da’vogarlarning ta’kidlashicha, tizimga kirish imkoniyati maxfiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy sug‘urta raqamlari, bank hisob raqamlari, nafaqa miqdori hamda millionlab amerikaliklarning boshqa shaxsiy ma’lumotlari xavf ostida qolishi mumkin.