Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nyu-York sayyohlik markazida bir kishiga o‘t qo‘yilb yuborildi

Nyu-York sayyohlik markazida bir kishiga o‘t qo‘yilb yuborildi

Nyu-York polisiyasi yakshanba kuni ertalab shaharning eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan maydoni bo‘lmish Tayms-skver markazida odamni yoqib yuborgan gumonlanuvchini qidirmoqda, deya xabar beradi Fox News.

Omon qolgan 45 yoshli jabrlanuvchiga ertalab soat 4 larda Midtaun-Manxetten sayyohlik markazida hujum qilindi. Jabrlanuvchi og‘ir kuyish jarohatlari bilan mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

Erkak huquq-tartibot idoralariga noma’lum shaxs uning ustiga suyuq, tez yonuvchi moddani quyib yuborganini aytgan.

Hozirda polisiya gumonlanuvchini qidirmoqda, u oxirgi marta ko‘k rangli kiyimda ko‘ringan. Kamera tasvirlarini ko‘rib chiqqandan so‘ng, polisiya hujumchi jabrlanuvchini tanigan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda va qasddan hujum qilish haqida o‘ylamoqda. Biroq o‘t qo‘yish sabablari noma’lumligicha qolmoqda.

Kiritildi: 11:50 18.03.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!