Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Nyu-York merligi uchun saylovda yutgan Mamdani g‘alaba nutqida Trampga murojaat qildi

Nyu-York merligi uchun saylovda yutgan Mamdani g‘alaba nutqida Trampga murojaat qildi

CBS telekanali kutilmalariga ko‘ra, Demokratik partiya vakili Zohran Mamdani Nyu-York merligi saylovida 50,4 foiz ovoz olib, shaharning yangi rahbariga aylanadi. Uning raqiblari allaqachon o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Mamdani g‘alaba nutqida o‘z saylovoldi va’dalariga e’tibor qaratdi. Siyosatchi, shuningdek, Donald Trampni ham tilga oldi.

"Donald Tramp, bilaman, sen hozir meni tomosha qilyapsan. Senga aytadigan uchta so‘zim bor: tovushni balandroq qil. Endi birortamizgacha yetib olmoqchi bo‘lsang, avval hammamizdan o‘tishingga to‘g‘ri keladi", — dedi siyosatchi.

Tramp bunga javoban Truth Social tarmog‘ida "Mana, boshlandi", deya qisqa post yozdi.

Kiritildi: 13:46 05.11.2025. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!