AQShning Nyu-Jersi shtatidagi yirik o‘rmon yong‘inining sababchisi topildi.
Rasmiylarga ko‘ra, 19 yoshli Jozef Kling gulxan yoqib, olovni to‘liq o‘chirmagan. Bu esa yirik o‘rmon yong‘iniga olib kelgan.
Yigitga qasddan yong‘in chiqarish aybi qo‘yildi va u sudgacha hibsga olindi.
Xabar qilinishicha, yong‘in 5 ming gektardan ortiq hududni qamrab olgan va hozircha faqat yarmigina o‘chirilgan.