"Biz uchun ellik kun — bu yana shuncha vaqt har kuni qo‘rquvda yashash degani", — dedi Zelenskiy The New York Times'ga bergan intervyusida.
"Rostini aytsam, Putin prezident Trampga urushni tugatish rejalari borligi haqida yolg‘on gapirgan. AQSh prezidenti hammasi aslida butunlay teskari ekanini anglab yetdi. Hozirda Tramp barchasi yolg‘on bo‘lib chiqqanidan afsusda, Putin uni shunchaki laqillatgan. Fikrlar juda tez o‘zgaradi, 50 kun judayam uzoq muddat", — deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti.
Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgani uchun Trampdan minnatdor ekanini qo‘shimcha qildi.