Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

NYT: Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 nafarga yetdi

NYT: Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 nafarga yetdi

Texasda kuchli yomg‘ir va Gvadalupe daryosining toshib ketishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 104 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida kamida 28 nafar bola bor. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp 11 iyul kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan shtatga tashrif buyurishi haqida ma’lum qilgan edi, 6 iyul kuni u Texasning Kerr okrugida favqulodda holat e’lon qilgan edi. Trampning qayd etishicha, federal hokimiyat mahalliy xizmatlarga suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda yordam bermoqda. 5 iyul kuni AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Texasga keldi, deb xabar beradi tass.ru.

Kiritildi: 17:34 08.07.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!