Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nurafshonda "narkoto‘da" qo‘lga tushdi

Nurafshonda "narkoto‘da" qo‘lga tushdi

❗️ Ayrimlar halol ishlab, peshona teri bilan oila boqadi. Ammo birovning bolasini ajal tomon yetaklab, millat yoshlarini zaharlashni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor oramizda.

🟢 Zamon rivojlangani sari, jinoyatlar ham, jinoyatchilar ham zamonaviylashib bormoqda. Yaqinda huquq-tartibot organlari Nurafshon shahrida “Telegram” messenjeri orqali sintetik giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kichik narkoto‘dadni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi.

🌐 Muqaddam sudlangan bo‘lsa-da, to‘g‘ri yo‘lga qaytmagan 1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan D.A. muntazam turli xildagi sintetik giyohvandlik moddalarni tayyorlash, qadoqlash va sotuv uchun yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan.

⚠️ Nurafshonlik 1995 va 1998 yillarda tug‘ilgan ikki nafar yosh esa tayyor giyohvand moddalarini yetkazib berish va sotish ishlarini "do‘ndirib" kelishgan. O‘zlarini "biznesmen", deb kerilib yurishgan.

✅ Ammo kechagina yengil pul topib "kayf" qilib yurganlar, bugun temir panjaralar ortida afsus chekishmoqda. Ogoh bo‘ling yoshlar!

Kiritildi: 22:06 19.06.2024. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!