2023 yil 17 mart kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida (Buxoro shahri, Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi, 13) 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori e’lon qilinadi.