Nukus shahri Qizketgan elatida yashovchi oilada mudhish hodisa ro‘y berdi. 2019 yil 9 aprel kuni qiz o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi. J.B. ismli qizning otasini nima sababdan o‘ldirgani noma’lum. Saytning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, ota voqea joyida halok bo‘lgan. J.B. esa qo‘lga tushgan.
Qizning o‘z otasini qastdan o‘ldirishiga nima sabab bo‘lganligi haqida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasidan rasmiy ma’lumot kutamiz.
Ma’lumot uchun, agar ayblanuvchi qastdan odam o‘ldirsa, Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.
Manba: kar24.uz