Natijada 173 millionlik jarima majburiy undirilmoqda!
JIB Nukus shahar sudining qarori asosida tayinlangan 173 million so‘mlik jinoiy jarimani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, yer sotish bahonasida ikki nafar fuqaroni aldab, firibgarlik jinoyatini sodir etgan qarzdorga tegishli TOYOTA rusumli avtotransport vositasi xatlandi hamda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Sud hukmi talablari to‘liq ijro etilgunga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy choralar izchil qo‘llaniladi.
Qonundan qochib bo‘lmaydi — firibgarlikning ham o‘z bahosi bor.