Shu yilning 22 avgust sanasidan boshlab Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Poyezd qatnovlari haftasiga Nukus vokzalidan amalga oshiriladi.
Poyezd harakat jadvali quyidagicha:
22 avgust sanasidan haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari 650-sonli "Nukus — Mangistau" yo‘nalishi
Nukus 20:16 — Mangistau 17:14
23 avgust sanasidan haftaning juma, yakshanba, chorshanba kunlari 649-sonli "Mangistau — Nukus" yo‘nalishi
Mangistau 18:54 — Nukus 15:22
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin, — deyiladi xabarda.