Bu haqda "Meduza" xabar berdi.
Novosibirsk viloyatida yonilg‘i bilan bog‘liq vaziyat tarangligicha qolmoqda: yonilg‘i quyish shaxobchalarining katta qismi ishlamayapti, ishlayotganlarida esa katta navbatlar yuzaga kelgan, deb xabar berdi vise-gubernator Oleg Klemeshov.
Rasmiy shaxs 4 iyul kuni kunduzi Novosibirsk, Berdsk va Iskitimdagi to‘qqizta "Gazpromneft" shaxobchasida bir necha soat davomida favqulodda xizmat mashinalari ustuvor tartibda yonilg‘i bilan ta’minlanishidan ogohlantirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlayotgan shaxobchalar sonini ko‘paytirish maqsadida "Gazpromneft" kompaniyasi operatorlar bo‘lmagan ayrim stansiyalar faoliyatini tiklagan.
Novorossiyskda yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar 10 iyun kuni boshlangandi. Iyul oyi boshiga kelib shahar aholisi ishlayotgan zapravkalar atrofida soatlab navbat kutishga majbur bo‘la boshladi.