Bu haqda Serbiya Harbiy tibbiyot akademiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jabrlanganlardan biri jarohatlardan keyingi asoratlar tufayli shifoxonada vafot etgan. Gap hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan 2006 yilda tug‘ilgan bemor haqida ketmoqda.
Avval xabar qilinganidek, 1 noyabr kuni Serbiyaning aholi gavjum ikkinchi shahri vokzal binosida joylashgan 50 metrli beton konstruksiya qulab tushgan. Vayronagarchilik sabablari hali aniqlanmagan. Serbiya qurilish, transport va infratuzilma vaziri Goran Vesich fojia ortidan iste’foga chiqdi.
Fojia ortidan mamlakatda hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi va hozirgacha davom etmoqda.