Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

"Noto‘g‘ri so‘rashgani uchun jahlim chiqdi" Kompyuterxonada ikki bola pichoqlandi

"Noto‘g‘ri so‘rashgani uchun jahlim chiqdi" Kompyuterxonada ikki bola pichoqlandi

Olmazor tumanida 19 yoshli yigit kompyuter o‘yinxonasida voyaga yetmagan ikki nafar bolaga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kompyuter o‘yinxonasida sodir bo‘lgan. Ayblanuvchi u yerda bo‘lgan voyaga yetmagan bola bilan o‘ziga to‘g‘ri salom bermagani sababli janjallashib ketgan. Yigitning aytishicha, jahl ustida bolaning oyoq qismiga pichoq bilan shikast yetkazgan. Keyin esa yana bir voyaga yetmagan bolani ham pichoqlagan.

“Noto‘g‘ri gaplashib, noto‘g‘ri so‘rashgani sababli bir oz jahlim chiqdi. Keyin janjallashib ketdik. Men oldimdagi pichoq bilan uning oyog‘iga tan jarohati yetkazdim, keyin yana bir bolaga tiqdim”, degan gumonlanuvchi.

Hodisa vaqtida ayblanuvchining sherigi bo‘lgan va u ham do‘sti bilan birga voyaga yetmagan bolalarni kaltaklashda ishtirok etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!