Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov 5-turda «durang+durang» qayd etdi

«Norway Chess». Nodirbek Abdusattorov 5-turda «durang+durang» qayd etdi

Norvegiyada 10 nafar grossmeyster ishtirokidagi nufuzli «Norway Chess» turnirida kecha 5-tur bahslari o‘tkazildi.

Unda Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Domaradju Gukeshga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Asosiy partiyada durang qayd etildi va har ikki sportchi bir ochkodan qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha 0,5 ochkoni qo‘lga kiritish esa oqlarda o‘ynagan hamyurtimiz g‘alaba talab etilardi. Ammo tezkor partiyada Nodirbek o‘yin boshidan xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. U o‘yinda davomida Farzinidan ayrildi. Boz ustiga, raqib piyodasini Farzinga chiqarish ostonasigacha olib keldi. Gukesh taklif qilgan durangga Abdusattorov rozi bo‘ldi. Chunki bu durang hind shaxmatchisi uchun 0,5 ochko taqdim etardi.

Natijada Abdusattorov 6 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi. Fabiano Karuana (AQSh) kechagi turda Mamedyarovga yutqazganiga qaramay, 10,5 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

Bugun Nodirbek Abdusattorov aynan Fabiano Karuanaga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Kiritildi: 12:19 05.06.2023. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!