Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Norvegiyada qamoqxonalarda bo‘sh joy qolmadi

Norvegiyada qamoqxonalarda bo‘sh joy qolmadi

Norvegiya qamoqxonalarning yopilishi va xodimlar bilan bog‘liq muammolar tufayli qamoqxonalar uchun joy tanqisligiga duch kelmoqda.

Norvegiyaning TV2 telekanaliga tayanib xabar berishicha, hozirda qamoqxonalarda 560 o‘rin yetishmaydi.

Oslo, Sarpsborg va Drammendagi uchta qamoqxona yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar tufayli yopildi. Ayni paytda axloq tuzatish muassasasi xodimlari mamlakat ichidagi boshqa idoralarga, masalan, bojxona va qurolli kuchlarga o‘tkazilgan, natijada kadrlar yetishmaydi. Qolaversa, ayrim xodimlar mehnat sharoiti yomonligi va ish haqining pastligi sababli ishdan ketmoqda.

TV2 jurnalistlarining ta’kidlashicha, qamoqxona sig‘imini oshirish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan chora-tadbirlar doirasida rasmiylar har bir kameraga ikkita mahbusni joylashtirish va huquqbuzarlarni muddatidan oldin ozod qilish imkoniyatini oshirishni ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 11:31 13.10.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!