Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Norvegiya fuqarolari ikki marta — 1972 va 1994 yillarda o‘tkazilgan referendumlarda Yevroittifoq tarkibiga kirishga qarshi ovoz bergan edi. Biroq o‘sha paytda, TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi siyosiy vaziyat ancha ijobiy bo‘lgan.
"Oradan 30 yildan ortiq vaqt o‘tdi va o‘sha osoyishta dunyo g‘oyib bo‘ldi. Biz yanada murakkab vaziyatda qolganimizni tan olishimiz kerak: o‘z vaqtida biz qo‘shilmaslikka qaror qilgan Yevropa Ittifoqi tizimlari hozirgi kunda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda", — deya Eydening so‘zlaridan iqtibos keltiradi FT va vazir bu o‘rinda savdo siyosati hamda bojxona tartibga solish mexanizmlarini nazarda tutayotganini tushuntirib o‘tadi.
Eydenning tan olishicha, agar Norvegiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha referendum ertaga o‘tkazilsa, u shaxsan "yoqlab" ovoz bergan bo‘lardi. Shuningdek, ijtimoiy so‘rovlar mamlakat fuqarolarining aksariyati ushbu blokka qo‘shilishga hanuz qarshi ekanini ko‘rsatyapti, yevrointegrasiya tarafdorlarining soni esa sekin-asta o‘sib bormoqda.