Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Norvegiya malikasining to‘ng‘ich o‘g‘li to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi – DW

Norvegiya malikasining to‘ng‘ich o‘g‘li to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi – DW

Nashrning yozishicha, 29 yoshli Marius Borg Xyoybi ikkita zo‘rlash epizodi, bitta oilaviy zo‘ravonlik holati va bir qator boshqa jinoyatlarda aybdor deb topildi. U eng og‘ir ayblovlar, jumladan zo‘rlash bo‘yicha aybini tan olmadi; uning hukm ustidan apellyasiya berish huquqi bor. Ayblov tomoni Xyoybini yetti yil-u yetti oylik qamoq jazosiga mahkum qilishni talab qilgan edi.

2001 yilda onasi Mette-Marit valiahd shahzoda Xokonga turmushga chiqqanidan keyin qirollik oilasi a’zosiga aylangan Marius Borg Xyoybi zo‘rlash bilan bog‘liq boshqa ikkita ayblov bo‘yicha oqlandi.

Etti hafta davom etgan sud jarayoni jamoatchilikning diqqat markazida bo‘ldi: eshituvlar davomida Xyoybining giyohvandlikka qaramligi, jinsiy aloqalar aks etgan havaskorlik videoyozuvlari va ish materiallariga tirkalgan 800 dan ortiq elektron xatlar muhokama qilindi. Sudda ma’lum qilinishicha, zo‘rlash epizodlaridan biri valiahd shahzodaning oilaviy uyi yerto‘lasida sodir bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!