Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Norvegiya bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

 Norvegiya bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore hukumat 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga cheklovlar joriy etish rejasini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Norvegiyaning Verdens Gang (VG) nashri.

Ushbu chora-tadbirlar qonunni o‘zgartirishni nazarda tutadi, hozirda ijtimoiy tarmoqlardan 13 yoshdan foydalanishga ruxsat beradi. Rasmiylar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarni shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda foydalanuvchilarning yoshini tekshirishga majburlamoqchi.

Styoreta’kidlashicha, bu oson kurash bo‘lmaydi, chunki yirik texnologiya kompaniyalari bolalar manfaatlariga zid harakat qiladi. Yosh avlodni internetdagi zararli kontentdan asrash, ularning xavfsizligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Bosh vazir bu rejalar haqida Stavangerda yosh cheklovlarini joriy etish tarafdori bo‘lgan ota-onalar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Norvegiyada 2023 yil bahorida faollar 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni talab qilib petisiya boshlagan edi. Murojaatni 11 mingdan ortiq kishi imzolagan.

Kiritildi: 21:09 25.10.2024. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!