Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Norinda 9-sinf o‘quvchisi uch ayolni urib yubordi: qurbon bor

Norinda 9-sinf o‘quvchisi uch ayolni urib yubordi: qurbon bor

28 iyun kuni soat 12:10 larda Norin tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi, birga yashovchi onasining nomida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, 1976 yilda tug‘ilgan, 1977 yilda tug‘ilgan uch nafar ayollarni urib yuborgan. 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiga ko‘ra, piyodalar og‘ir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 28 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Kiritildi: 14:41 29.06.2020. O'qildi: 2522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!