Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Noqonuniy qurilma buzilib, yer maydoni qonuniy egasiga qaytarildi

Noqonuniy qurilma buzilib, yer maydoni qonuniy egasiga qaytarildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining 2025 yil 24 sentyabrdagi qaroriga asosan, qarzdor N.E. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida qurilgan noqonuniy inshootni buzish haqida ijro hujjati mavjud edi.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Byuroning Urgut tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, qarzdor tomonidan ijro harakatlariga to‘sqinlik qilinib, noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda bartaraf etish choralari ko‘rilmagan.

Shunga qaramasdan, 2026 yil 14 aprel kuni majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi. Natijada 0,0111 gektar yer maydoni va ushbu hududda joylashgan 110 kvadrat metr hajmdagi noqonuniy qurilma buzildi.

Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida yer maydoni qonuniy egasi M.M.ga qaytarildi hamda sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud qarorlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:37. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!