Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 13 million 940 ming so‘m to‘laydi

Noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 13 million 940 ming so‘m to‘laydi

Namangan shahar Ekologiya bo‘limi inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida hududlarda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, noqonuniy daraxt kesish va suv havzalarini ifloslanishini oldini olish bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazildi.

➖Tadbir davomida shahar markazida joylashgan Z.M.Bobur istirohat bog‘ida noqonuniy daraxt kesish holati aniqlandi.

➖ Fuqaro o‘zining bu xatti-harakati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasida belgilangan huquqbuzarlikni sodir etgan, ya’ni daraxtni qonunga xilof ravishda kesgan.

🔴 Holat bo‘yicha fuqaroga ushbu moddaga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning besh barobari miqdorida, 1 700 000 so‘m jarima tayinlanib, 12 240 000 so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Kiritildi: 20:56 21.02.2024. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!