Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Nomard bosqinchi

Nomard bosqinchi

23 sentyabr soat 16.00 larda noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Angren shahar Taraqqiyot MFYda joylashgan “Suvoqava” DUK binosi oldida bo‘la turib, 35 yoshli 2-guruh nogironi (kar-soqov) A.A.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uni boshiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan holda, unga tegishli bo‘lgan 30.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Angren shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi «a» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keyingi tergov harakatlarini olib borish uchun shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni 32 yoshli I.M. mast holda sodir etganligi aniqlanib, u prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 20:09 02.10.2022. O'qildi: 4596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!