Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Noma’lum sabablarga ko‘ra rasmiylashtirilgan "Onlayn kredit" vasvasasi

Noma’lum sabablarga ko‘ra rasmiylashtirilgan "Onlayn kredit" vasvasasi

Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli A.O. IIOga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning nomiga 15 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi M.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi M.A., jabrlanuvchi A.O.ga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning nomidan 15 mln. onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
———

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

❗️❗️❗️Agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!

Kiritildi: 21:27 24.06.2024. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!