Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Nodirbek «Tata Steel Chess» turnirida sovrindor bo‘ldi

Nodirbek «Tata Steel Chess» turnirida sovrindor bo‘ldi

Ikki hafta davomida Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasi o‘z yakuniga etdi.

Kecha so‘nggi 13-turda «Masters» guruhida 3-o‘rinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Pentala Harikrishnaga qarshi bahs olib bordi va durang natija bilan kifoyalandi. Agar Nodirbek ushbu partiyada g‘alaba qozonganida, chempionlik tay-brek uchrashuvlarida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritardi.

Bunga amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuning 13-turda oq donalarda o‘ynashiga qaramay, vatandoshi Arjun Ergaisiga imkoniyatni boy bergani sabab bo‘ldi. Ikkinchi o‘rindagi Rameshbabu Pragnanandha ham so‘nggi turda germaniyalik Vinsent Keymerga yutqazib qo‘ydi. Nodirbek Abdusattorov esa asosiy raqiblari taqdim etgan bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

Agar Abdusattorov o‘z partiyasida g‘alaba qozonganida, uch grossmeyster ishtirokidagi tay-brek partiyalariga guvoh bo‘lar edik. Sakkiz yarimtadan ochko jamg‘argan Gukesh va Rameshbabu o‘rtasidagi tay-brekda kutilmaganda Pragnanandha 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, «Tata Steel Chess-2025» chempioniga aylandi. Gukesh ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan sovrinli uchinchi pog‘onani egalladi.

Kiritildi: 13:04 03.02.2025. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!