O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning "WR Chess" klubidagi faoliyati yakunlandi.
Bu haqda jamoa X (Twitter) sahifasi orqali xabar berdi.
"Nodirbek Abdusattorov "WR Chess" jamoasini 2 yillik faoliyatidan so‘ng tark etadi, u rapid va blis bo‘yicha o‘tadigan navbatdagi jamoaviy jahon chempionatida ishtirok etmaydi.
Ikkita jahon chempionligini qo‘lga kiritishimizga yordam bergan Nodirbekga minnatdorchilik bildiramiz", deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Abdusattorov shu kunlarda Qatar poytaxti Doxada o‘tkazilayotgan "Qatar Masters" musobaqasida ishtirok etmoqda.