O‘zbekistonlik 21 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattarov chess.com saytiga intervyu berdi. Unda maqsadlari va motivasiyassi haqida gapirdi.
"Men doim rekord o‘rnatishni xohlardim. Vazifaning qiyinligi motivasiyamni oshiradi. Bolaligimda tarixdagi eng yosh grossmeyster bo‘lishni istaganman.
Grossmeyster bo‘lganimdan keyin o‘z oldimga 2700 reytingga erishishni maqsad qilib qo‘ydim. Maqsadlaringiz oshgani sari o‘zingizga bo‘lgan motivasiyangiz oshib borar ekan", - dedi Nodirbek.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz FIDE reytingida 2771 ochko bilan 7-o‘rini egallab turibdi.