Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» musobaqasida g‘olib chiqdi

Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» musobaqasida g‘olib chiqdi

Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazilgan Prague International Chess Festival 2026 turniri yakuniga yetdi. Bugun, 6 mart kuni musobaqaning so‘nggi — 9-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Turnir jadvalida 5,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda oq donalarda amerikalik Hans Mok Nimann bilan bahs olib bordi va uchrashuv durang bilan yakunlandi. Shu tariqa Abdusattorov 6 ochko bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Abdusattorovning chempion bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan yagona raqib — niderlandiyalik Jorden van Forest kutilmaganda eronlik Parham Mahsudluga imkoniyatni boy berdi. Van Forest hatto durang o‘ynaganida ham Abdusattorov turnir g‘olibiga aylangan bo‘lardi. Faqat uning g‘alabasi holatidagina tay-brek o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin edi.

So‘nggi turda Nodirbek Yoqubboyev ham muhim g‘alabaga erishdi. U qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, dunyo reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi partiyada zafar quchdi. Yoqubboyev 4,5 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, Nodirbek ushbu nufuzli musobaqada ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi va festival tarixida buni uddalagan ilk shaxmatchiga aylandi.

Kiritildi: 23:59 06.03.2026. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!