Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour'da bosh sovrin uchun kurashadi

Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour'da bosh sovrin uchun kurashadi

7-16 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.

Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Dunyoning ko‘zga ko‘ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham bahs olib boradi.

Musobaqada amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradje ham ishtirok etadi. Shuningdek, Fabiano Karuano (AQSh), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston), Alireza Firuzdja (Fransiya), Uesli So (AQSh), Levon Aronyan (AQSh), Yan-Krishtoff Duda (Polsha), Maksim VashYE-Lagrav (Fransiya) va mezbonlar vakili Bogdan Daniel Dik bahslarga kirishadi. Turnir 9 turdan iborat bo‘ladi.

Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour'da bosh sovrin uchun kurashadi

Kiritildi: 11:01 06.05.2025. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!